Jizzaxda ikki erkak tanishini o‘ldirib, yoqib yubordi

Jamiyat

image

Jizzaxda tanishini do‘pposlab o‘ldirib, yoqib yuborgan ikki erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mudhish jinoyat oldidan muqaddam sudlangan 3 nafar shaxs birgalikda maishatbozlik qiladi. Shu orada o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ulardan ikki nafari sherigini kimsasiz joyga olib borib, ayovsiz do‘pposlab o‘ldirgan va jinoyatni yashirish maqsadida murdaning tanasini yoqib yuborgan.

IIB xodimlari gumonlanuvchilarni voqea sodir bo‘lishidan bir necha soat avval 3 nafar erkak do‘konga kirgan video orqali aniqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum Paxtakor tumanidagi Paxtakor qishlog‘ida yashovchi 1965 yil tug‘ilgan, muaqaddam bir necha marta sudlangan fuqaro bo‘lgan. O‘tkazilgan sud ekspertizasi uning o‘limiga tana qismiga yetkazilgan ko‘plab jarohatlar sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.

Shuningdek, ayblanuvchilardan biri 1966 yilda tug‘ilgan shaxs marhum bilan qo‘shni bo‘lgan. Ikkinchi ayblanuvchi 1981 yilda tug‘ilgan, Paxtakor tumanidagi Olmazor mahallasida yashagan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax

Baholaganlar

532

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing