Jizzaxda ikki cho‘ponning janjali qotillik bilan yakun topdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 iyun kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumanida ikki nafar cho‘pon o‘zaro janjallashib qoldi. Oqibatda ulardan biri og‘ir tan jarohati olib, vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida cho‘ponlik qiluvchi 29 yoshli shaxs qoramollarini haydab ketish uchun ularni Bunyodkor ko‘chasida yashovchi 54 yoshli mahalladoshining uyi oldiga to‘plagan. 

Biroq xonadon egasi unga qoramollarni bu yerdan haydash kerakligini aytgan. Natijada o‘rtada nizo kelib chiqqan.

Janjal davomida 29 yoshli cho‘pon mahalladoshini yerga yiqitib, yuzi va bosh qismiga bir necha marta urgan. Shundan so‘ng, 54 yoshli mahalladoshi sumkasidan oshxona pichog‘ini chiqarib, cho‘ponning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan cho‘pon tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Uning o‘limiga ko‘krak qafasi chap tomoni tashqi chizig‘i bo‘ylab besh va oltinchi qovurg‘alari oralig‘idagi sanchilib kirgan jarohat, ko‘krak qafasi plevra bo‘shlig‘iga qon va qon laxtalarining to‘lishi hamda ichki qon ketishi sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash xonasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Jizzax cho'pon

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing