Jizzaxda erkak “zapravka” xodimini kaltakladi (video)
3-sahifa
−
28 mart
6210Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 37 yoshli erkak 42 yoshli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimini kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 mart kuni soat 14:00 larda Sharof Rashidov tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan shaxs o‘ziga tegishli Gentra rusumli transport vositasiga yonilg‘i quyish maqsadida Sharof Rashidov tumani “Pastki Suloqli” MFYda joylashgan AYOQSHga kelib, benzin mahsuloti uchun to‘lov qilgan. Mazkur shoxobcha operatori – Sharof Rashidov tumani “Yangidiyor” MFYda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro yonilg‘i quyib bo‘lgach, avtomobilning yonilg‘i idishi qopqog‘ini yopmagan.
Shu sababli Gentra avtomashinasi egasi unga “Nima sababdan qopqog‘ini yopmading?” deb e’tiroz bildirgan va turli haqoratli so‘zlar aytib, uni qo‘li va oyog‘i bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, hozirda sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan va zo‘ravonni javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 23 yoshli fuqaro va 4 kishi yo‘l talashishi oqibatida janjal sodir bo‘lgan edi. Mazkur holat shu kunning o‘zida Uchko‘prik tuman IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi