Jizzaxda er xotinini ish joyida pichoqladi
3-sahifa
−
10 Sentabr
16046Jizzax viloyatida er xotinini ish joyida pichoqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 21:40 da sodir bo‘lgan. 37 yoshdagi erkak B.B. va uning Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limida hamshira bo‘lib ishlovchi 36 yoshdagi turmush o‘rtog‘i B.D. o‘rtasida tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga kirish eshigi oldida o‘zaro oilaviy janjal yuzaga kelgan. U kichik qayriluvchi pichoq bilan xotining turli sohalariga urib, tan jarohati yetkazgan.
B.B.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudi tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 1261-moddasi 5-qismi “v,i” bandlari bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda mezbon mehmonini so‘yib, a’zolarini mushugiga pishirib bergandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr