Jizzaxda ekin maydoniga uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida sug‘oriladigan yerda samolyot uchun uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib olingani aniqlandi. Bu haqda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tumanning “Mingchinor” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi SilverleafeInternational LLC agroklaster tomonidan qurilgan ushbu uchish-qo‘nish yo‘lagi jami 8 gektar yerni egallab turibdi, shundan 6 gektari sug‘oriladigan ekin yerlari ekani aytiladi.

Shuningdek, agroklaster tomonidan 1 gektar ekin yerida o‘zboshimchalik bilan turli imoratlar qurib olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, ushbu agroklaster tomonidan 1, 11, 21, 25, 26 va 27 dala konturlariga jami 2000 gektar yerga rejalashtirilgan chigit ekinining 356 gektariga haligacha ekilmasdan kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘mita mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilgan va viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax dala

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing