Jizzaxda Cobalt yonib ketdi
3-sahifa
−
13 may 2022 9444 1 daqiqa
Bugun, 13 may kuni soat 05:16 larda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida Cobalt yonib ketdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH tumandan o‘tuvchi 4R avtomobil yo‘lining “Lalmikor” MFY hududidan o‘tgan 43-km.da yuz bergan. 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. Cobalt rusumli yengil avtomobil boshqaruvtni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, YTH sodir etgan. Shundan so‘ng, avtomobilda yong‘in chiqqan.
G‘allaorol tumani FVBning yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 6:35 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 6:38 da yong‘in bartaraf yetilgan.
Yong‘in natijasida avtomobil haydovchisi yelka, o‘ng qo‘l kafti va yuz qismi kuyishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr