Jizzaxda choyxonada boshlangan janjal 29 yoshli yigitning o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Jizzaxda sinfdoshining fotiha to‘yini nishonlab, tarqalayotgan yoshlar o‘rtasida yuz bergan janjal o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 20 iyun kuni yuz bergan. 28 yoshli S.E. sinfdoshining fotiha to‘yini o‘rtoqlari bilan birgalikda Jizzax shahridagi choyxonalarning birida nishonlab, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Soat 23:00 da mast holatda choyxonadan chiqib uylariga tarqalishayotgan vaqtida, S.E. sinfdoshi 29 yoshli O.B. bilan o‘zaro tortishib qolib, uning  bosh qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan. So‘ng 21 iyun kuni soat 01:00 da uni yashash xonadoniga tashlab ketganligi oqibatida O.B. olgan tan jarohatlari bilan yashash xonadonida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, “marhum O.B.ning o‘limiga bosh miyaning shishib ketishi, bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi va yopiq miya jarohatlari sabab bo‘lgan”ligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.E., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Jizzax

Baholaganlar

313

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing