Jizzaxda bir guruh shaxslar mushtlashdi
3-sahifa
−
22 yanvar 2023
12634Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumanida bir guruh shaxslar janjallashyotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, kecha, 21 yanvar kuni soat 21:00 lar atrofida Zomin tumani Dashtobod shahri “O‘zbekiston” mahallasidagi ovqatlanish shoxobchasida bir necha shaxs mushtlashgan.
IIBning ma’lumotlariga ko‘ra, kelishmovchilikka Beruniy mahallasida yashovchi A.U., S.K. hamda O.R.larning yeyilgan taom uchun haq to‘lamagani sabab bo‘lgan. Shu kuniyoq ayrim jabrlanuvchilar shifoxonada tibbiy yordam olgan.
“O‘z navbatida holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Qonunbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘riladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax shahrida bir necha qizlar o‘rtasida janjal bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi