Jizzaxda ayollar gaz yo‘qligi sabab avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi
Jamiyat
−
11 yanvar 2021
9843Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida gaz va elektr energiya yo‘qligidan norozi bo‘lgan aholi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi. Video muallifi norozilar, asosan, ayollardan iboratligini ma’lum qilgan.
Videolavhada taxminan, 20 ga yaqin xotin-qiz o‘zining noroziligini shu tarzda namoyish etayotganini ko‘rish mumkin. Hozircha, mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilmadi.
2020 yili dekabr oyida Buxoro viloyatida ham gaz ta’minotidan norozi aholi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi.
Undan tashqari, o‘tgan yilning oxirida bir guruh ayollar Qo‘qon shahri hokimligi yonida gaz va elektr energiyasi talab qilib, avtomobil yo‘lini to‘sdi.
Shuningdek, 2020 yilning noyabr oyida Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida ham gaz va elektr energiyasi so‘rab, aholi bosh ko‘targandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr