Jizzaxda ayol uch kishi tomonidan zo‘rlandi

3-sahifa

image

Jizzaxda tungi vaqtda ko‘chada yurgan ayol uch kishi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.

Jizzax shahrining Sayiljoyi mahallasida yashovchi N.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U murojaatida tungi soat 2:30 lar atrofida ko‘chada uni bir necha shaxs Nexia rusumli avtoulovga majburlab chiqarib, Obod mahallasi hududida zo‘rlaganini, shuningdek sumkasida bo‘lgan uyali aloqa vositasi va 100 ming so‘m pulini olib qo‘yganligini ma’lum qilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur qing‘irlik Jizzax shahrining Ko‘tarma mahallasida yashovchi J.Sh., Alisher Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi D.N., Toshloq mahallasida yashovchi J.Yu. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. 

Ayni vaqtda ayblanuvchilar hibsga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

4061

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing