Jizzaxda aka-uka opasi bilan maishat qilayotgan yigitni o‘ldirdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida aka-uka opasi bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan yigitni qasddan o‘ldirdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Voqea joriy yilning 25 mart kuni yuz bergan. Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi turmushidan ajrashgan ayol yashash uyida Nurafshon shaharchasida istiqomat qiluvchi yigit bilan spirtlik ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan. 

Uy bekasining shu mahallada yashovchi ikki ukasi bundan xabar topib, xonadonga kelgan va hovlida bo‘lgan armatura bo‘lagi bilan mehmonning chap chakka sohasiga, so‘ng oshxona pichog‘i bilan chap qo‘ltiq ostiga urib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1697

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing