Jizzaxda 7 yashar qizcha elektr simiga osilib halok bo‘ldi
3-sahifa
−
13 avgust 2023
12300Jizzax viloyati Zomin tumanida 7 yoshli qiz elektr simiga osilib halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, voqea Jizzax viloyatining Zomin tumani Pishag‘ar qishlog‘ida joriy yilning 25 iyul kuni soat 18:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. 2016 yilda tug‘ilgan qiz o‘ynab yurgan vaqti elektr simiga osilib qolgan va oradan hech qancha vaqt o‘tmay yong‘in sodir bo‘lgan.
Marhumaning bobosi elektr simlari yerga osilib, insonlar hayoti uchun juda xavfli holatda turganini va aynan shu holat sabab qizchaning o‘limidan keyin ham na simlar, na simyog‘ochlar ma’sul hodimlar tomonidan bir necha kun e’tiborsiz qoldirilganini aytgan.
“Nevaram vafot etganidan keyin ham hech kim kelgani yo‘q. Bolalar o‘ynab yurganida qizim ikki qo‘lini simga tekkizgan. U 20-25 daqiqa atrofida osilib turgan. Yosh bolaning bo‘yi yetadi shu simga”, deydi qizchaning bobosi.
LiveBarchasi