Jizzaxda 7,3 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi
3-sahifa
−
10:20 859 1 daqiqa
Jizzax viloyatida 7,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “U. L. D.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 7 milliard 371 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo tumanida 3,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlangandi. Ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 464 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Live
Barchasi