Jizzaxda 44 yoshli piyoda Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Jizzaxda Cobalt rusumli avtomobil yo‘lning belgilanmagan qismida o‘tayotgan 44 yoshli piyodani urib ketdi. Oqibatda piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 20 avgust kuni soat 23:54 atrofida Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi shaxs Cobalt’ni Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotganda, 1978 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Aniqlanishicha, piyoda yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati bilan shifoxonaga olib kelingan. Biroq u ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing