Jizzaxda 4 ta tuman IIB boshliqlari rotatsiya qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonovning joriy yilning 24 martidagi shaxsiy tarkibga oid buyrug‘iga muvofiq Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Podpolkovnik O‘ktam Bahromovich Askarov rotatsiya tartibida Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ayni shu tartibda Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Akmal Bahodirovich Murodov Sharof Rashidov tumani ichki bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, podpolkovnik Isroiljon Ibraimjonovich Nurmatov rotatsiya tartibida Do‘stlik tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘z navbatida G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Bekzod Akram o‘g‘li Naimov rotatsiya tartibida Do‘stlik tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Jizzax shahriga yangi prokuror tayinlangani haqida xabar bergan edik. Shaharning sobiq prokurori esa viloyat prokuraturasiga ko‘tarilib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing