Jizzaxda 4 kishi is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 yanvar kuni Jizzax shahar Sayilgoh ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida 4 nafar shaxsning murdasi topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, marhumlarning ikki nafari universitet talabasi bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizaning ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limiga is gazidan zaharlanishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mutaxassislarining birlamchi ma’lumotiga kura, hodisa sodir bo‘lgan xonadonga o‘rnatilgan isitish tizimi tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekanligi ko‘rsatilgan.

“Holat yuzasidan Jinoayat kodeksinibning 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2023 yil boshidan 25 yanvargacha jami 28 nafar fuqaro is gazidan zaxarlanish oqibatida vafot etgani haqida habar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing