Yil boshidan beri is gazi necha kishini o‘ldirgani ochiqlandi
Jamiyat
−
27 yanvar 2022 6252 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilning 25 yanvar holatiga ko‘ra 28 nafar fuqaro is gazidan zaxarlanish oqibatida vafot etgan. Bu haqda FVV, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki 25 kunida is gazi bilan bog‘liq 16 holatda 9 nafar fuqaro zaxarlangan va 28 nafar fuqaro vafot etgan.
Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
• fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
• nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
• isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
• gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
• havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
• havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish shular jumlasidan.
Live
Barchasi