Jizzaxda 21 kishi qariyb 34 mln so‘m jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati Zomin tumanida chiqindilarni suvga  tashlagan 21 kishi 33,99 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasiga Zomin tumanida chiqindilarni suvga tashlash bilan bog‘liq holat yuzasidan murojaat kelib tushgan. 

O‘rganish davomida dam olish maskanlaridagi suvlarni ifloslantirish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, suv to‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob’ektlariga oqova suvlarni oqizish kabi huquqbuzarliklar sodir etilgani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasi (Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) 1-qismi, 65-moddasi (Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish) 4-qismi, 91/1-moddasi 1-qismi, 91-moddasi (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) 1-qismi bilan 21 nafar shaxsga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Natijada ularga 33,99 million so‘m miqdorida jarima solingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax jarima chiqindi Zomin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing