Jizzaxda 2 mlrdlik davlat buyurtmasi viloyat hokimining qiziga berilgan bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image

Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi 2020 yil noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkamlashtirish maqsadida Sharof Rashidov ko‘chasiga manzarali daraxtlar va gullar ekish uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida tender o‘tkazgan.

Tenderda qariyb 1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini “My Flower” MCHJ yutgan. 

Mablag‘lar viloyat hokimi Ergash Салиевнинг farmoyishi bilan mahalliy byudjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan.

2020 yil fevralda Jizzax shahri ko‘chalariga mavsumiy gullar ekish ob’ekti bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ham "My Flower" pudratchi sifatida g‘olib bo‘lgan. Loyiha qiymati 1 mlrd 69 mln so‘mni tashkil qilgan.

“Davletovuz” kanali xabariga ko‘ra, “My Flower” MCHJ 2019 yilning may oyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Tadbirkorlik sub’ektining 50,80 foiz ulushiga Saliyeva Nargiza Ergashevna, 49,20 foiziga esa Xolmo‘minov Zohidjon Xolmurod o‘g‘li egalik qiladi.

Avvalroq, Andijon viloyatida ham bir necha o‘n milliard so‘mlik davlat buyurtmalari qarindosh-urug‘lar o‘rtasida taqsimlab olingani haqida xabar bergan edik.

 


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax davlat buyurtmasi

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing