Jizzaxda 19 yoshli yigit Nexia’da “Kamaz” bilan to‘qnashib, vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 9 dekabr kuni 2006 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan yigit Nexia-3 rusumli avtomobilda boshqaruvni yo‘qotib, “Kamaz” bilan to‘qnashdi va oqibatda vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 05:10 lar atrofida Jizzax shahar “Xayrobod” MFY xududidan o‘tuvchi D-047 “Jizzax shahar-Do‘stlik-Gagrin-M39” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida 2006 yilda tug‘ilgan, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi haydovchi Nexia-3 rusumli transport vositasida Olmachi-Xayrobod yo‘nalishi bo‘ylab ketayotganda rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib  kelayotgan, Sharof Rashidov tumanida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Bildirilishicha, Nexia-3 rusumli transport vositasi haydovchisi turli tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida avtobus va Haval piyodani bosib ketgandi. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Nexia-3 Kamaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing