Jizzaxda 18 yoshli qiz tomdan o‘zini tashlab, vafot etdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida 18 yoshli qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning tomidan tashlab, vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 1 iyun kuni Sharof Rashidov tumani “Nurafshon” mahallasida yashagan 2005 yilda tug‘ilgan qiz M.B. “Zargarlik” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uyning tomiga chiqib, o‘sha yerdan o‘zini pastga tashlagan. Oqibatda qiz voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan sevgan qizini qutqarib olaman, deb suvda oqib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax joniga qasd qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing