Jizzaxda 14 nafar ayolni olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida 14 nafar ayolni olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatidagi yo‘llarning birida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi harakatlanib ketayotgan Damas mashinasini to‘xtatib, haydovchidan necha nafar yo‘lovchi olib ketayotganini so‘raganda u 11 nafar deb javob bergan.

Biroq mashinadagi yo‘lovchilar tushirilib, sanab ko‘rilganda ularning soni 14 nafar ekani aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan qonuniy chora ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda Damas haydovchisi 32 nafar bolani olib ketayotgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi Jizzax Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing