Jizzaxda harakatlanib ketayotgan Nexia-2 gazballoni portlab ketdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-2'ning gazballoni portlab ketdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, holat bugun, 28 may kuni soat taxminan 13:00 lar atrofida G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 1015-kilometrida sodir bo‘lgan. Hozirda viloyat IIB xodimlari tomonidan ushbu transport vositasida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar soniga va shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda. YTH bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv-tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Gentra rusumli transport vositasida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli yong‘in yuzaga kelgan, Lacetti rusumli transport vositasi yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida avtoulovning dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

G'allaorol Jizzax Nexia-2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing