Jizzaxda ham Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
16 may 2148 1 daqiqa
Jizzax viloyatida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.Z. 8 000 AQSH dollari evaziga fuqaroni go‘yoki Migratsiya agentligida yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali Koreya davlatiga yuborishi uchun ishchi vizasini rasmiylashtirib berishi va Koreya davlatida ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruhning o‘zbekistonliklarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxemani fosh etgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr