Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
10493Furqat Noryigitovich Jo‘raqulov Jizzax viloyati hokimining qaroriga asosan viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Furqat Jo‘raqulov 1980 yilda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti, 2003 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (magistr) hamda 2012 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistr) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2003 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti jahon falsafasi tarixi va mantiq kafedrasi o‘qituvchiligidan boshlagan.
Furqat Jo‘raqulov o‘tgan yillar mobaynida ta’lim tizimi hamda mahalliy ijro hokimyatining turli xil lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018 yildan bugungi kunga qadar Jizzax Davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelgan.
2017 yildan buyon viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan To‘xtamishev Botir Qo‘nishevich Jizzax Davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.