Jizzax va Qashqadaryoda qor yog‘di

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning Jizzax va Qashqadaryo viloyatida qor yog‘gani haqida ma’lumotlar, surat va videolar tarqaldi. 

Xususan, Jizzax viloyatining Zomin tumani tog‘li hududlariga qor yog‘gan va yer yuzasini qoplagan.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Oybek qishlog‘ida ham qor yog‘gan. Bundan tashqari, Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida qor yog‘gani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumot o‘rnida, Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, mamlakatga kirib kelgan sovuq havo bugun ham respublika hududida davom etadi. Kechasi harorat 3-6 daraja, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, bu 5-7 darajaga me’yordan past.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3-6 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18-20 darajagacha isiydi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi, harorat 0-5 darajani tashkil etilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qor

Baholaganlar

477

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing