Jizzax sud boshqaruvchilar assotsiatsiyasi a’zosi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyat sud boshqaruvchilar assotsiatsiyasi a’zosi pora olayotgan paytida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, u Sharof Rashidov tumanida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxona rahbari ishonchiga kirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda korxonaning soliqdan yuzaga kelgan 23 mln 200 ming so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berish va bankrot deb topish evaziga undan 12 mln so‘m talab qilgan. Firibgar pullarni Jizzax shahridagi xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing