Jizzax qishloqlariga yana sel yopirildi (video)
3-sahifa
−
12 iyun
7977Bugun, 12 iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi ayrim qishloqlariga sel keldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Zomin tumanining tog‘ va adirliklarida yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar tufayli “Shirin” MFY Yoyilma qishlog‘i, “Nihol” MFY, “Taraqqiyot” MFY Hulkar qishlog‘i va Turkman qishloqlarida sel oqimlari kuzatilgan.
Sel suvlari kelishi oqibatida ayrim avtomobil yo‘llariga tosh va shag‘al tushish holatlari kuzatilgan va zudlik bilan FVDT xizmatlarining shaxsiy tarkibi va muhandislik texnikalari yordamida yo‘llar tozalanib, avtomobillar harakati davom etmoqda.
FVB xabariga ko‘ra, fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va chorva mollariga zarar yetmagan.
Hozirgi vaqtda FVDT xizmatlarining 10 ta maxsus texnikalari va 38 nafar shaxsiy tarkibi tomonidan sodir bo‘lgan sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Davlat mahallasiga yaqin tog‘lardan mahalla hududiga kuchli sel yopirilgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul