Jizzax hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga  Gulnora Ikromovna Normurodova tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gulnora Normurodova  yangi lavozimga Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning tegishli qarori bilan tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Gulnora Normurodova 1985 yilda Jizzax tumanida tug‘ilgan. U mazkur tayinlovga qadar Savdo sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax o'rinbosar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing