Jizzax hokimi lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
19 dekabr
14888Jizzax viloyati hokimi Ergash Alibekovich Saliyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Mustafoyev tayinlovga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev 1968 yil 14 avgustda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bitirgan. “Sanoatqurilishbank”ning Jizzax viloyat filialida kichik, keyinchalik katta mutaxassis sifatida ishladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsion boshqaruvi katta iqtisodchisi va pul muomalasi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyin 2016 yilgacha Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yilda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, 2017 yilda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.
Ma’rufaliyeva Mohimbegim
LiveBarchasi