Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami berish tartibi joriy etiladi

Jamiyat

image

Shaxsiy identifikatsiya raqami fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga korxona, muassasa va tashkilotlarning so‘rovnomalariga asosan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini shakllantirish uchun beriladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamsining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasida keltirib o‘tildi.

Unga ko‘ra, jismoniy shaxsga shaxsiy identifikatsiya raqami berish tartibi quyidagicha:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga JSHSHIR DPM tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktining talabnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi orqali taqdim etiladi.
JSHSHIR quyidagi hollarda beriladi:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga biometrik pasport berilganda;

chet elga chiqish munosabati bilan 16 yoshga to‘lmagan shaxsga xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirilganda;

fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda;

chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi berilganda.

JSHSHIR chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga korxona, muassasa va tashkilotlarning so‘rovnomalariga asosan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini shakllantirish uchun beriladi.

O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga JSHSHIR ularning ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qilgan og‘zaki murojaatlariga asosan beriladi.

JSHSHIR mavjud bo‘lmagan shaxslarga JSHSHIR quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha istiqomat qilayotgan chet el fuqarolariga – chet el fuqarosining pasporti va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – harakatlanshi hujjati;

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – yashash guvohnomalari.

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti operatori tomonidan jismoniy shaxsning biografik (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi, JSHSHIR berish uchun asos bo‘ladigan hujjatining seriyasi va raqami, bergan organning nomi va sanasi) hamda biometrik (fotosurati va barcha qo‘l barmoq izlari) ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimiga kiritilib elektron talabnoma shakllantiriladi va token bilan tasdiqlanadi.

Token bilan tasdiqlangan elektron talabnoma O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi doirasida maxsus himoyalangan aloqa kanali orqali real vaqt rejimida DPMga jo‘natiladi.

Elektron talabnoma DPM tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng uch ish kuni ichida JSHSHIR shakllantirilib ma’lumotlarni yig‘ish punktiga elektron shaklda yuboriladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jismoniy shaxslar identifikatsiya raqami berish

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing