“Jirona”ga qarshi o‘yin oldidan “Real” yo‘qotishga uchradi

Sport

image

"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo ertaga, 30 oktyabrdagi La Liganing navbatdagi turi doirasida "Jirona"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. 

Oshqozonidagi muammo tufayli Rodrigo o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Manba xabariga ko‘ra, braziliyalik kecha, 28 oktyabr kuni o‘zini yomon his qilgan, shu bois bosh murabbiy Karlo Anchelotti unga tiklanish uchun vaqt berishga qaror qilgan.

Rodrigo Benzema yo‘qligida hujumchi sifatida o‘ynagani uchun ertangi o‘yinda bu rolni kim egallashi hozircha noma’lum. Anchelottida ikkita variant bor – Eden Azar va Mariano Dias.

Rodrigo Goyes joriy mavsumda “Real” safida umumiy 15 ta o‘yin o‘tkazib,  6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing