Jirinovskiyning ahvoli og‘ir. U sun’iy havo apparatiga ulandi
Olam
−
09 fevral 2022
21656Avval xabar berganimizdek, Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangani tufayli Moskvadagi shifoxonaga yotqizilgandi. Ayni vaqtda uning ahvoli og‘ir va u allaqachon sun’iy havo berish moslamasiga ulangan. Bu haqdda mahalliy nashrlar bong urmoqda.
Qayd etilishicha, koronavirusni boshdan kechirayotgan 75 yashar Jirinovskiy 2 fevral kuni shifoxonaga yotqizilgan. Unda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan va o‘pkasining 50-75 foizi zararlangan. Shifokorlarning qayd etishicha, uning tirik qolishi yo‘ldosh kasalliklari va mo‘’jiza ro‘y berishigagina bog‘liq.
Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Jirinovskiyning ahvolini yashirishga urinmoqda. SSV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, deputatning ahvoli barqaror.
“U Markaziy klinik shifoxonaga yotqizilgan va barcha zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda”, deyiladi SSV rasmiy xabarida.
RBK nashrining vaziyatdan boxabar manbasiga ko‘ra, siyosatchining ahvoli og‘ir.
“Hech kim hech qanday kafolat bermaydi. Hammasi yo‘ldosh kasalliklar bilan murakkablashishi mumkin”, deydi u.
ladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni "Kremlning og‘zi" deb hisoblaydi.
So‘nggi bor u Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar SSSR tarkibida bo‘lgan barcha respublikalarda sodir bo‘lishini aytgandi.
Avvalroq, rossiyalik siyosatchi Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida ko‘rinmay qolgan mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni o‘ldiga chiqargandi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay,Nazarboyev qozoq xalqiga murojaat yo‘llagan, tirikligini ko‘rsatgandi.
LiveBarchasi