Jirinovskiy MDH davlatlariga Rossiya tarkibiga kirish yo‘lini ko‘rsatdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy MDH mamlakatlarini Rossiya taribiga kirishga chaqirdi. U hammdo‘stlik davlatlari qay tariqa qo‘shilishi mumkinligi va bu qanday oqibatlarga olib kelishini ma’lum qildi.

Jirinovskiyning aytishicha, sobiq sovet ittifoqi maydonidagi siyosatchilar sekin-asta MDHdan-da kuchliroq tuzilmani yaratishlari mumkin.

"Govorit Moskva" radiostansiyasi efirida u Rossiya va Belarus munosabatlari Ittifoqdosh davlatlar formatida olib borilishini aytib o‘tdi.

Xuddi shunday formatni Qirg‘iziston va Tojikistonga taklif etish mumkin, deb qo‘shimcha qildi siyosatchi.

“Sobiq sovet ittifoqining 14ta respublikalari uchun barcha muammolarni yechish, to‘liq xavfsizlik va zo‘r iqtisodiyotni ta’minlashning eng yaxshi yo‘li - bu Rossiya tarkibiga guberniya huquqi asosida kirishdir. Dushanbe guberniyasi, Bishkek gubeniyasi, Yerevan, Riga, Jitomir, Kiyev va boshqa guberniyalar tariqasida", degan Jirinovskiy.

Siyosatchi radio efir davomida 20 yil oldin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko unga Belarus Rossiya tarkibiga qo‘shilishga tayyorligi haqida aytganini eslagan.

Qayd etish kerakki, Jirinovskiy tomonidan hudud bo‘yicha bunday munozarali fikrlar ilk bor bildirilmayapti. Umuman olganda u sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davlatlarning Rossiya bilan munosabati borasida ko‘plab kurakda turmas takliflarni bildirib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Jirinovskiy

Baholaganlar

802

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing