Jinsiy “skandal”: Jonson “kreslo”sidan ayrilishni istamayapti
Olam
−
07 iyul 2022
14387Kecha, 6 iyul kuni kechqurun Dauning-stritda o‘z kabinetining bir guruh a’zolari bilan uchrashgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ularga o‘z lavozimini tark etmasligini aytdi. Bu haqda “Sky News” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazirlar Bosh vazir qarorgohiga Jonsonni yangi janjal va hukumat a’zolarining bir qator iste’folari fonida o‘z o‘rnini bo‘shatishga ko‘ndirish uchun kelishgan.
ITV telekanali manbalariga ko‘ra, Jonson suhbatdoshlariga ular yo uni qo‘llab-quvvatlashlari va shu yozda “iqtisodiy o‘sishga e’tibor qaratishlari” kerakligini yoki partiyadagi “rahbarlik uchun kurashning tartibsizligi”ga va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazishga intilayotgan muxolifat bosimiga duch kelishlarini aytgan.
“The Times” gazetasining aniqlik kiritishicha, vazirlar Jonsonni "sharaf bilan ketishga" undagan, chunki hukumat rahbariga navbatdagi ishonch ovoz berishda Konservativ parlament fraksiyasi a’zolarining ko‘pchiligi unga qarshi chiqadi. Jonson rad javobini berib, u o‘z manfaati uchun emas, balki mamlakat manfaati uchun harakat qilayotganini urg‘ulagan.
PA agentligi ma’lumotlariga qaraganda, Bosh vazir “mamlakat o‘ta muhim muammolarga duch kelayotgani” va shunday bir paytda hukmron partiya rahbariyatini o‘zgartirish mas’uliyatsizlik bo‘lishini yana bir bor ta’kidlagan.
Jonsonni Ichki ishlar vaziri Priti Patel, Tashqi savdo kotibi Enn-Mari Trevelyan, Kvazi Kvarteng Qirolligi biznes, Energetika va sanoat strategiyasi vaziri, Transport vaziri Grant Shepps va yangi Moliya vaziri Nadim Zaxavi iste’foga chiqishga undagan.
Eslatib o‘tamiz, joriiy yilning 5 iyul kuni Buyuk Britaniya Hukumatidagi ikki vazir Rishi Sunak, Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovid, shuningdek Ta’lim vaziri o‘rinbosari Uill Kvins hamda Angliya va Uels Bosh prokurori o‘rinbosari Aleks Chak Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq bir qator mojarolar fonida iste’foga chiqqandi. Kecha, 6 iyul kuni esa ist’foga chiqqan vazirlar soni 12 taga yetdi.
Pincher da’vosi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hukumatning qulashi ortida Buyuk Britaniyadagi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq siyosiy ziddiyat turibdi. Voqea o‘zini noo‘rin tutgani aytilayotgan Tory raisining sobiq o‘rinbosari Kris Pincher va Pincherni lavozimga tayinlaganida uning avvalgi o‘xshash xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lgani aytilgan Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq.
Gap shundaki, Kris Pincher Olimpiya o‘yinlarida eshkak eshuvchi va konservativ nomzod Aleks Stori tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan
Avvaliga Jonson Pincher 2019 yilda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha tergovga tortilganidan bexabar bo‘lganini aytgan. Kecha, 5 iyul kuni ma’lum bo‘lishicha, Bosh vazir bundan xabardor bo‘lgan, ammo baribir bu lavozimga Pincherni tayinlagan.
Keyinchalik Jonson Pincherning lavozimiga tayinlangani uchun uzr so‘radi va Hukumatda o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlarga o‘rin yo‘qligini aytdi.
Pincher 2022 yil 30 iyun kuni Londonning Sent-Jeyms shahridagi klubda kechasi qattiq mast bo‘lib, “o‘zini va boshqalarni sharmanda qilganini” tan olib, Hukumat rahbari o‘rinbosari lavozimidan iste’foga chiqdi.
LiveBarchasi