Jinoyatda ayblangan o‘zbekistonlik ayol Malayziyadan ekstraditsiya qilindi
3-sahifa
−
19 Sentabr 2022
8189O‘zbekiston va Malayziya Interpol xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan ayol O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi ma’lum qildi.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan Interpol kanallari orqali odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun qidiruvda bo‘lgan va o‘zgartirilgan shaxsiy ma’lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi (ayol) Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.
Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasida olib borilgan qo‘shma harakatlar va tezkor axborot ta’minoti, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita ko‘magida jinoyatchining shaxsini aniqlash va qo‘lga olish imkonini berdi.
Malayziya hukumati qidiruvdagi ayolni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, Interpol xodimlari hamrohligida jinoyatchi munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga olib ketilgan.
LiveBarchasi