Jinoyatchilik bilan kurashish korrupsiya bilan kurashishdan osonroq – Japarov
Olam
−
06 Sentabr 2025 3269 2 daqiqa
Korrupsiyani butunlay yo‘q qilishning imkoni bo‘lmayapti. Bu haqda bugun, 6 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Baliqchi shahridagi yangilangan avtovokzalni ko‘zdan kechirish vaqtida aytib o‘tdi.
O‘sha yerda kutib turgan oqsoqollar Prezidentga ta’mirdan chiqarilishi kerak bo‘lgan bolalar bog‘chasini ochish haqida murojaat qilgan. Davlat rahbari bunga javoban ta’mir uchun 90 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgani, biroq pulning yarmi o‘g‘irlangani haqida unga xabar berilganini aytgan.
“Biz yuqori doiralarda korrupsiyani yo‘q qildik, lekin o‘rta va quyi doiralarda uni tugatish qiyin. Masalan, yoningizdagi bolalar bog‘chasi. Men ataylab o‘zim keldim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, topshiriq berish uchun. 90 million so‘mga yangidan bolalar bog‘chasi qurish mumkin edi, ta’mir haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Jinoyatchilik bilan kurashish bizga oson bo‘ldi, bir yilda tozaladik, lekin korrupsiyani 5 yildan beri tugata olmayapmiz”, deydi Prezident.
U misol sifatida bir qishloqni keltirib o‘tgan. U yerda uch yil davomida bir xil bog‘ (park) uchun qog‘ozda mablag‘ ajratilib, amalda esa faqat pulni o‘zlashtirish bo‘lgani, aslida ta’mir ishlari qilinmagani ta’kidlangan. Prezident aynan qaysi qishloq haqida gapirayotganini ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan Qirg‘izistonning davlat banklariga qarshi kiritilgan sanksiyalarni izohlab, ularni mamlakat iqtisodiy o‘sishi bilan bog‘lagan edi. Shu tariqa u Tramp va Starmerdan iqtisodiyotni siyosiylashtirmaslikni so‘ragandi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar