Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Jamiyat 2575
image

Bosh prokuratura tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha fuqarolarning takliflari asosida yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

Loyihani ishlab chiqishda jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilishga, uni yanada liberallashtirishga, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirishga hamda jinoyatlar uchun sanksiyalarni qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga qarab muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, loyihada turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni chiqarib tashlashga qaratilgan o‘zgartirishlar nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, loyiha ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida tayyorlangan.

 

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 67
Reyting: 3.1
t
×