Jinoyat kodeksida “samosud” uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti
Jamiyat
−
23 fevral 2021
3899O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda avj olayotgan ota-onalar tomonidan o‘z chaqalog‘ini sotish uchun endilikda alohida javobgarlik belgilanadi. Bu haqda yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksida belgilanyapti.
Kodeksda 9 turdagi jinoyat uchun javobgarlik belgilanyapti. Bular quyidagilar:
• insonda noqonuniy tajriba o‘tkazish;
• g‘ayriqonuniy ravishda psixiatriya muassasasiga joylashtirish;
• o‘zboshimchalik bilan jazolash;
• mitinglar, yig‘ilishlar yoki namoyishlar tashkil etish, o‘tkazishga yoki ularda ishtirok etishga g‘ayriqonuniy qarshilik qilish;
• shantaj;
• insayderlik ma’lumotlari bo‘yicha g‘ayriqonuniy harakatlarni amalga oshirish;
• nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining mansab soxtakorligi;
• ota yoki onaning o‘z chaqalog‘ini sotishi;
• jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish.
Avvalroq, yangi tahrirdagi kodeksda 11 turdagi jinoyatlar dekriminalizatsiya qilinishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi