Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi sudyasi koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2020
11496Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov 45 yoshida kasallik sabab vafot etdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonovning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, deyiladi xabarda.
Oliy sud matbuot kotibining QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, Shavkatjon Shodmonovning bevaqt o‘limiga koronavirus infeksiyasi asoratlari sabab bo‘lgan.
Shavkatjon Shodmonov 1975 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. Sud organlaridagi faoliyatini 1997 yilda boshlagan. 2008 yildan beri sudya bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi