“Jiddiy muammo”. Erondagi urushga doir SI videolari keskin ko‘paymoqda
Olam
−
16:13 8299 2 daqiqa
Pul ishlash maqsadida sun’iy intellekt orqali yaratilgan Eron urushi videolari ko‘payib bormoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, AQSH-Isroilning Eron bilan urushi haqidagi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan misli ko‘rilmagan noto‘g‘ri ma’lumotlar to‘lqini generativ SI texnologiyasidan foydalanish imkoniyati kengaygan onlayn kontent yaratuvchilar tomonidan daromad manbaiga aylantirilmoqda.
Urush haqida yolg‘on va chalg‘ituvchi da’volar qilish uchun sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan videolar va soxta sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanilgan ko‘plab misollar mavjud bo‘lib, ular internetda yuz millionlab marta ko‘rilgan.
“Ko‘lami chindan ham xavotirli va bu urush hozir uni e’tiborsiz qoldirishni imkonsiz qildi. Ilgari professinal video ishlab chiqarishni talab qiladigan ishlar endi sun’iy intellekt vositalari yordamida bir necha daqiqada bajarish mumkin. Ishonchli sun’iy mojaroli tasvirlarni yaratishdagi to‘siq deyarli yo‘q bo‘lib ketdi”, degan Kvinslend Texnologiya universitetining raqamli media bo‘yicha mutaxassisi Timoti Grem.
X platformasi shu haftada agar yaratuvchilar qurolli mojarolar haqidagi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan videolarni yorliqsiz joylashtirsa, ularni monetizatsiya dasturidan vaqtincha to‘xtatib qo‘yishini e’lon qilgan.
“Ular bu katta muammo ekanligini sezilarli belgisidir. Biz TikTok va Facebook hamda Instagram’dan bunday holatlarga chora ko‘rishini so‘radik. Ammo ular bizning izoh berish haqidagi so‘rovlarimizga javob berishmadi”, deydi Oksford Internet institutining Eron bo‘yicha ixtisoslashgan tadqiqotchisi Mahsa Alimardoni.
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoning odatiy misolida Isroilning Tel-Aviv shahriga raketalar zarba berayotgani va orqa fonda portlash ovozi aks etgan video ko‘rsatilgan. Ushbu video 300 dan ortiq postlarda namoyish etilgan va ijtimoiy tarmoq platformalarida o‘n minglab marta ulashilgan.
Ba’zi X foydalanuvchilari videoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun platformaning SI chatboti Grok’ga murojaat qilgan. Ammo Grok tomonidan yaratilgan video “haqiqiy” deb noto‘g‘ri aytilgan.
10 mln martalab ko‘rilgan yana bir soxta videoda Dubaydagi Burj Xalifa osmono‘par binosi alanga ichida ekani va ko‘plab odamlar bino tomondan qochayotgani tasvirlangan.
“Bunday soxta videolar odamlarning internetda ko‘rgan tasdiqlangan ma’lumotlarga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va haqiqiy dalillarni hujjatlashtirishni ancha qiyinlashtiradi”, deydi Alimardoni.
Live
Barchasi