Jiddiy xatar! Afg‘onistonga yana terrorchilar yig‘ilayotgani aytildi

Olam

image

“Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining Afg‘onistondagi jangarilari soni avgust oyining oxirida amerikaliklar o‘z qo‘shinlarini bu mamlakatdan olib chiqib ketganidan keyin ko‘paygan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (SENTKOM) rahbari general Kennet Makkenzi ma’lum qildi.

“Menimcha, [Afg‘onistonda] ularning soni biroz ko‘paygan. U yerda [“Al-Qoida”] bor. Biz bu mojaroning oxiriga kelib (AQSHning ushbu mamlakatdagi harbiy operatsiyasi tugashi) ularning soni sezilarli darajada kamaydi, deb hisoblagandik. Menimcha, ba’zi odamlar qaytgan. Ammo bu biz kuzatadigan “mavzular”dan bittasi. Hozir men sizga [ularning] sonini aniq aytolmayman”, degan Makkenzi.

Generalning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘oniston chegarasida ishonchli xavfsizlikning yo‘qligi “Al-Qoida” jangarilarining mamlakatga qaytishiga imkon beradi.

“Biz “Tolibon”ning Al-Qoidaga nisbatan keskin pozitsiya egallashini istardik. Menimcha, “Tolibon” ichida [ularning] keyingi qadamlari borasida kelishmovchiliklar bor. Shu sababdan biz hozircha “Tolibon” ularga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini aniqlashga harakat qilyapmiz. Menimcha, yaqin bir necha oy ichida bu yanada oydinlashadi”, degan Makkenzi.

AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari, shuningdek, Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilishi bilan ISHID terrorchilik guruhi ham faollashganini ta’kidlab o‘tdi. 

“Biz ISHIDning kuchayishini kutishimiz kerak. Agar bu sodir bo‘lmasa, juda ajablanarli bo‘lardi. Ko‘ramiz, “Tolibon” ularga qarshi qanday samarali choralar ko‘ra oladi”, degan general.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” va ISHID jangarilari bir-biriga dushmanlik munosabatida, ammo uning fikricha, toliblar uchun eng katta muammo hamon “Al-Qoida”.

Ma’lumot uchun, AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Qoida Tolibon

Baholaganlar

916

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing