Jezus Ronalduning bayonotiga javob qaytardi
Sport
−
12:34 680 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezus jamoa sardori Krishtianu Ronalduning Millatlar ligasi bahslari vaqtida terma jamoa yig‘inini tark etgani sabablari haqidagi bayonotini o‘qimaganligini aytdi. Bu haqda Jezus “A Bola” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Men terma jamoaning o‘yini uchun Leyriyada edim. Hozir bayonotni o‘qib chiqaman, hozircha aytadigan boshqa gapim yo‘q”, deydi Jezus.
Avvalroq, Ronaldu yozma bayonotida bosh murabbiyni unga bergan va’dalarini ikki marta bajarmaganlikda ayblagan edi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, Norvegiyaga qarshi safar uchrashuvidan oldin Jezus unga 30 daqiqa maydonda harakat qilishini aytgan. Biroq ikkinchi bo‘limda yarim soat davomida chigalyozdi mashqlarini bajargan hujumchi o‘yinga tushirilmagan. Jezusning o‘zi esa keyinchalik bu qarorni jamoa manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilganini aytgan.
Ronaldu, shuningdek, terma jamoa yig‘inini tark etgani uchun jamoadoshlari va muxlislaridan uzr so‘radi. U intizomiy jazo olganidan keyin ham Portugaliya terma jamoasi safida o‘ynashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Jezus esa Ronalduning terma jamoaga qaytishi uchun eshik ochiq ekanini bildirgan. Murabbiyning ta’kidlashicha, futbolchi xohlasa va “Al-Nasr”da o‘ynashda davom etsa, keyingi yig‘inda terma jamoaga chaqirilishi mumkin.
Live
Barchasi