Jeyk Pol Mayk Taysonni jangga chorladi

Sport

image

Amerikalik taniqli videobloger va havaskor bokschi Jeyk Pol Mayk Tayson bilan jang qilish niyatida. Bu haqda u “The Journey” You Tubye podkastiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Polning fikricha, uning Tayson bilan to‘qnashuvi 200-300 million dollarlik voqeaga aylanishi mumkin.

“Men, albatta, Mayk Taysonga qarshi jangga chiqqan bo‘lardim. Men bu haqda do‘stlarim bilan hazillashaman: agar, Krispy Kreme shirinliklarini yeyishni boshlasam, og‘ir vazn toifasiga o‘tib, Mayk Tayson bilan jang qilishim mumkin. Bu jang haqidagi fikr juda hayajonlantiradi, chunki bu 200-300 million dollarlik jangga aylanishi mumkin. Mayk Tayson, agar, siz ushbu podkastni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, keling, biroz zavqlanaylik. Yangi maktab eski maktabga qarshi. O‘ylaymanki, muxlislar buni ko‘rishni xohlashadi”, degan Pol.

Ma’lumot o‘rnida, Jeyk Pol You Tubye’dagi eng mashhur blogerlardan biri sanaladi. Uning kuzatuvchilari soni 20 milliondan oshiqni tashkil etadi va Pol millionlab odamlarni o‘ziga qaratganidan foydalanib, boks olamiga ham kirib keldi. Jeyk allaqachon Tayron Vudli va Ben Askern singari MMA yulduzlarini mag‘lub etishga ulgurdi.

Bundan tashqari, Jeykning akasi Logan Pol ham You Tubye foydalanuvchilari orasida mashhur hisoblanadi. Pollarning kattasida obunachilari soni 23,4 million tashkil etadi. Logan 2021 yilda boks afsonasi Floyd Meyvezer bilan jangda so‘ng, yanada tanildi. Biroq ko‘pchilik hamon Pollarning boksdagi qobiliyatiga shubha bilan qaraydi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mayk Tayson Jeyk Pol

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing