Jerrard APLga qaytishi mumkin
Sport
−
09 Noyabr 2021 5033 1 daqiqa
“Liverpul” sobiq futbolchisi, hamda Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasi murabbiyi Stiven Jerrard Angliya Premer ligaga qaytishi mumkin. “The Economist” nashri jurnalisti Xemish Azul o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali xabar berishicha, Jerrard “Aston Villa” taklifini qabul qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, Birmingem klubi “Reynjers” bilan tovon puli borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Stiven Jerrard 2018 yilning yozidan buyon Glazgo klubida faoliyat yuritib keladi. 2020-2021 yilgi mavsumda Stivi Ji “Reynjers”ga so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta Shotlandiya chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritishga yordam berdi.
Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa” yaqinda Din Smitni qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqargan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr