Jerar Deparde o‘zbek kinosida suratga tushadi. Abduxoliqov aktyor bilan uchrashdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 10 oktyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda dunyoga mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde va “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostidagi loyiha ishtirokchilarining O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlash va uni Fransiya hamda O‘zbekiston telekanallarida namoyish qilishga oid uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi S. Rustamboyev, “O‘zbekkino” Milliy Agenligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va "B-Tween Production" kompaniyasi bosh direktori Arno File ishtirok etdi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Turizmni rojlantirish Davlat qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi ham ushbu loyihaning ham muallifi hisoblanadi.

Film mualliflarining fikriga ko‘ra bosh qahramon Jerar Deparde O‘zbekistonning yangi qiyofasini ochish vazifasini qo‘yadi. Filmda ta’limda islom dinining roli va mohiyatiga alohida e’tibor beriladi. 

"Uchrashuv o‘ziga hos ramziy ma’noga ega", dedi Jerar Deparde o‘z uyida mehmonlarni qabul qilar chog‘ida. "Bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiqlik siyosati barchaga ma’lum. Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning islom dini ezgulik, tinchlik, bunyodkorlik va bag‘rikenglik dini ekanini dunyoga yetkazishda  qaratgan sa’y-harakatlari meni ta’sirlantirdi. Bilasizmi, bu mening shaxsiy qarashlarimga mos keladi, chunki men islomni siyosiy va xudbin maqsadlarda ishlatib bo‘lmaydi, deb hisoblayman. Filmning katta auditoriyasi boy tarixga ega, betakror tabiat, samimiy va mehmondo‘st xalq bo‘lgan yangi jo‘shqin O‘zbekistonni ochish uchun berilgan imkoniyatlar meni ilhomlantirdi. Ushbu mamlakatga safarimni sabrsizlik bilan kutyapman", dedi film bosh qahramoni Jerar Deparde.

Shuningdek, loyiha tashkilotchilari va "Paris Premiere" telekanali Bosh direktori Katrin Shyofer hamda telekanalning top-menejerlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida 2020 yil fevral-mart oylarida film namoyish etilishi borasida kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Jerar Depard'e O'zbekiston

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing