Jenisbek Piyazov va Afruza Boshqirdiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi.

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov va xonanda Afruza (Dilafruz Rustamova) Boshqirdiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining katta zalida bo‘lib o‘tgan. Marosimda Boshqirdiston davlat boshlig‘i Radiy Xabirov va O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murod Majidov ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida har ikki san’atkor Boshqirdiston poytaxti Ufa shahridagi ma’daniy tadbirlarda ishtirok etgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Jenisbek Piyazov 1988 yilda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlagan. 2018 yilda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti”, 2021 yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan. Joriy yilning yanvar oyida Maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlangan.

Xonanda Afruza (Dilafruz Rustamova) 1996 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

426

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing