Jenevadagi BMT binosida “O‘zbekiston xonasi” ochiladi
Jamiyat
−
18 Sentabr 3961 1 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi binosida “O‘zbekiston xonasi” ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, u kecha, 17 sentyabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan qabul marosimida nutq so‘zlagan va Jenevadagi BMT binosida “O‘zbekiston xonasi” ochilishini e’lon qilgan.
“Biz kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot, madaniyat haqida, shuningdek, chegaralardan qat’i nazar, barchamiz uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar xususida fikr almashdik. Bir yangilik bilan o‘rtoqlashishdan ayniqsa juda mamnunman: tez orada Jenevadagi BMT binosida “O‘zbekiston xonasi” ochiladi. Bu — madaniyatimizning mo‘’jazgina bir bo‘lagi, ko‘p millatli hamjamiyatga namoyish etiladigan maskan bo‘ladi. Ushbu maskan har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarga qaramay, bizning dunyoga ochiqligimiz ramziga aylanadi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Jenevada Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgan va Ngozi xonimga liderlik va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr