Jeff Bezosning boyligi 200 milliard dollarga yetdi

Biznes

image

Dunyoning eng boy odami, Amerikaning “Amazon” korporatsiyasi rahbari Jeff Bezosning boyligi 199,7 milliard dollarga yetdi. Bu biznesmen uchun rekord ko‘rsatkich. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar bermoqda. 

Nashrning ta’kidlashicha, kecha, 25 avgust kuni “Amazon”  aksiyalarining savdosi paytida Bezosning boyligi, hatto, 200 milliard dollardan oshib ketgan. Ammo saydolar to‘xtagach, uning boyligi miqdori biroz pasaygan. 

Jurnalga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri kompaniya aksiyalarining 11 foiziga egalik qiluvchi tadbirkorning qimmatli qog‘ozlari 55% dan oshdi. Dunyodagi eng yirik onlayn-chakana savdogarning egasi so‘nggi 12 oy ichida 86 milliard dollar boylikka erishdi. 

Bezos “Forbes” jurnali tomonidan 2018 yildan beri dunyodagi eng boy odamlardan biri hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinni Microsoft asoschilaridan biri Bill Geys (115,5 milliard dollar), uchinchi o‘rinni LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) fransuz kompaniyalar guruhining bosh direktori Bernar Arno egallab turibdi. Uning boyligi 113,2 milliard dollarga baholanmoqda.  

Internet orqali tovarlar va xizmatlarni sotadigan “Amazon” 1994 yilda Bezos tomonidan tashkil etilgan. Korporatsiya asta-sekin kitoblar va audioyozuvlarni sotishdan video yozuvlar, video o‘yinlar va maishiy texnika vositalarini sotishga o‘tdi. “Amazon”  AQSHda birinchilardan bo‘lib o‘z veb-saytining foydalanuvchilariga Internetga ulanmasdan tomosha qilinadigan filmlarni pullik yuklab olish xizmatini taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Amazon Jeff Bezos

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing