Jeff Bezos “qirollik”ni qaytarib oldi

Olam

image

Amazon rahbari Jeff Bezos Forbes talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng boy odam maqomini qayta qo‘lga kiritdi.

Biznesmen 115,5 milliard dollar mablag‘i hisobiga Louis Vuitton Moyet Hennessy prezidenti Bernar Arnoni quvib o‘tdi. Arnoning hisobidagi mablag‘ ayni damda 112,9 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Uchinchi o‘rinda esa 110,4 milliard dollari bilan Microsoft asoschisi Bill Geyts bormoqda.

Eslatib o‘tamiz: bir necha kun muqaddam Bernar Arno Forbes ro‘yxatida Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylangan edi. Uning bunday muvaffaqiyatga erishishiga kompaniyasining aksiyalari narxi 0,7 foizga oshishi sabab bo‘lgandi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jeff Bezos eng boy odam

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing